Chotqolda kam uchraydigan hayvonlar bir kadrda: fototuzoqlar sirli manzarani ochdi

Chotqol davlat biosfera qo'riqxonasidagi fototuzoqlar Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i va Sibir tog' echkilarini tasvirga oldi. Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i G'arbiy Tyan-Shanning odamlar borishi qiyin hududlarida yashaydigan mintaqadagi eng yirik yirtqichlardan biridir. Fototuzoqlar hayvonlarni bezovta qilmasdan ularning yashash tarzi va harakatlarini kuzatish, populyatsiyasini o'rganish hamda noyob turlarni muhofaza qilishga yordam beradi.
Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fototuzoqlar Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i va Sibir tog‘ echkilarini tasvirga oldi. Yovvoyi tabiat bag‘rida olingan bu kadrlar qo‘riqxonadagi hayvonot dunyosining naqadar boy ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i mintaqadagi eng yirik yirtqichlardan biri hisoblanadi. U asosan G‘arbiy Tyan-Shanning odamlar borishi qiyin bo‘lgan hududlarida yashaydi.
Fototuzoqqa tushgan hayvon esa tabiat qo‘ynida o‘zining odatiy hayotini davom ettirayotgan paytda tasvirga olingan.
Bunday fototuzoqlar yovvoyi hayvonlarni bezovta qilmasdan ularning yashash tarzi va harakatlarini kuzatish imkonini beradi. Fototuzoqlar orqali olingan bunday tasvirlar olim va mutaxassislarga qo‘riqxonadagi hayvonlar populyatsiyasini kuzatish, ularning harakatlanish hududlarini o‘rganish hamda noyob turlarni muhofaza qilishda yordam beradi.































Izohlar 0
…