Prezident tashrifidan so‘ng Andijon davlat tibbiyot instituti rektori o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Tashrifdan so‘ng Andijon davlat tibbiyot institutining rektori Abdushukur Sodiqov lavozimidan ozod etilgan. Sodiqov oliygohga 2015 yilning dekabr oyidan beri boshchilik qilib kelayotgan edi.
Bugun, 7 iyun kuni Madamin Mo‘minovich Madazimov institutning yangi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.
Madamin Mo‘minovich Madazimov 1964 yil 24 mayda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent 130 dan ortiq ilmiy ish, 12 ta ixtiroga patentning muallifidir. Uning rahbarligida 1 ta nomzodlik va 4 magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi va 2 ta doktorlik va 6 magistrlik dissertatsiyasi bajarilmoqda.
Mehnat faoliyatini 1985 yildan Andijon davlat tibbiyot instituti jarrohlik mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatorligidan boshlagan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Madazimov yangi lavozimga kelgunga qadar Andijon davlat tibbiyot institutida 2007 yildan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor va oz fursat institut rektori vazifasini bajargan.

Izohlar 0
…