16:35 / 08.06.2017
18 634

Lola Karimova iltimosnoma yo‘lladi (Video)

Lola Karimova iltimosnoma yo‘lladi (Video)
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva bugun, 8 iyun kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali iltimosnoma yo‘lladi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti yozmoqda.

Lola Karimovaning yozishicha, ayni damda o‘zbek atlasining dong‘ini dunyoga yanada tarannum etish maqsadida o‘zbek milliy matolarini ishlab chiqarish usullarini YuNESKOning Ilg‘or Tajriba to‘plamiga kiritish bo‘yicha ish olib borilyapti.

“Shoi – o‘zida go‘zallik va qulaylik, yengillik va jozibadorlikni mujassam etgan matodir. O‘zining yorqin tayyorlanish uslubi va naqshlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan xon atlasda ko‘p millatli qadriyatlarimiz misoli ko‘zgudagidek ifoda etgan.

O‘zbekiston zamini o‘zining ko‘p asrlik “ikat” uslubidagi to‘quvchilik maktabi bilan haqli ravishda faxrlanadi. “Ikat” matolar to‘qish san’ati xalqimizning avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan noyob madaniy boyligidir. Mohir o‘zbek to‘quvchi ustalari yaratadigan go‘zallikda betakror matolar abr matolar deb atalib, bu atama “bulut”, ya’ni tarxi bulutsimon ko‘rinishdagi bezaklar ma’nosini anglatadi. Bu hunarmandchilik turi, mana necha asrlarki, Sharq Uyg‘onish davridan to hozirgi kunga qadar o‘zining jozibador naqshlari va bezaklari bilan olamga go‘zallik hamda uyg‘unlik olib keladi.

Hozirgi kunda xalqimizning tarixiy to‘qimachilik merosini saqlash maqsadida O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan o‘zbek milliy matolarini ishlab chiqarish usullarini YuNESKOning Ilg‘or Tajriba to‘plamiga kiritish bo‘yicha ish olib borilyapti. Iltimos, o‘zbek atlasiga oid ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga o‘z hissangizni qo‘shib, xon atlas liboslarida tushgan rasmingizni #uzbekikat yoki #khanatlas xeshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda ulashing”, deb yozadi Lola Karimova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova iltimosnoma yo‘lladi (Video)