
Bugun, 8 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda OAV xodimlari Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimovdan rasmiy bayonot so‘rashdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining rasmiy saytida holat bo‘yicha ma’lumot berildi. Qonunda tergov siri degan tushuncha bor. Tergovga ta’sir qilmasligi uchun hozir ortiqcha ma’lumot berolmayman. Aytishim mumkin bo‘lgan narsa shundan iboratki, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha barcha holatlar va tergovga aloqador barcha shaxslarga, harakatlarga huquqiy baho beriladi”, dedi Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar