14:26 / 09.06.2017
6 733

Mirobod tumanida neksiya-2 avtomobilidagi o‘g‘irlik fosh etildi

Mirobod tumanida neksiya-2 avtomobilidagi o‘g‘irlik fosh etildi
2017 yilning 07 iyun kuni taxminan soat 24:00 larda Davron Rustam o‘g‘li Rixsiev, Mirobod tumani hududida fuqaro Abduraxmon Xakimovga tegishli bo‘lgan «NEKSIYa-2» rusumli avtoulovining salonidan jami 375.000 so‘m miqdordagi naqd pullarni o‘g‘irlik yo‘li bilan egallab olib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Mirobod tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirobod tumanida neksiya-2 avtomobilidagi o‘g‘irlik fosh etildi