Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida mamlakatimiz iqtisodiyoti tobora yuksalib, xalqimiz farovonligi ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Soliq tizimi xodimlari nafaqat davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga tatbiq etish, balki aholi, ayniqsa, tadbirkorlarga keng imkoniyat va qulayliklar yaratishga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda soliq to‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar, jumladan, interaktiv va elektron axborot xizmatlari ko‘rsatish ko‘lami kengayayotgani tadbirkorlarning vaqti va mablag‘ini tejab, ovoragarchiliklarning oldini olmoqda.
– "Oq oltin XXI” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 3 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga milliy va zamonaviy arxitektura uyg‘unligida barpo etilgan yangi binoda barcha sharoit yaratilgan, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari A.Norboyev. – Katta va kichik majlislar zali, anjumanlar xonasi, 105 o‘rinli oshxona xodimlar xizmatida. Xizmat xonalari zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari, zarur anjomlar bilan jihozlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi