Mamlakatimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida navbatdagi o‘quv yili uchun abiturientlarni qabul qilish jarayoniga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Boshlanadigan o‘quv yilida Samarqand davlat universitetida o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota hajmi oshirilib, bakalavrlar uchun 2000 nafar (o‘tgan yili 1615 nafar), magistrlar uchun 209 nafar (o‘tgan yili 131 nafar) etib belgilandi.
Bundan tashqari, universitetda kimyoviy texnologiyalar, biotexnologiyalar hamda dorivor o‘simliklarni etishtirish texnologiyasi bo‘yicha yangi yo‘nalishlar tashkil etilib, ularda 70 nafar mutaxassis tayyorlash imkoniyati yaratildi.
Magistratura ta’limi yo‘nalishida shu davrgacha mavjud bo‘lmagan o‘zbek tili va adabiyoti, etika va estetika hamda atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida esa o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 604, magistrlar uchun 66 nafar etib belgilandi. O‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota o‘tgan yildagiga qaraganda 104 nafarga ko‘paydi.
Ayni paytda qabul komissiyalarida abiturientlardan qabul qilinadigan hujjatlar, ma’lumotlar aks etadigan maxsus e’lon taxtalarini tayyorlash, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor javob berish, “ishonch telefoni” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Abiturientlarga hujjat topshirish jarayonida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari savdosi, suratga olish, ovqatlanish, abiturientlar va ularning ota-onalariga hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoit tashkil qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi