6 168
Surxondaryo bojxonachilari tomonidan telefonida behayo videolarni saqlagan yo‘lovchilar fosh etildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi viloyatning chegara-bojxona komplekslari va postlari orqali o‘tayotgan ayrim yo‘lovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar haqida xabar berdi, deb yozmoqda “UZ24” nashri.
“Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan xorijlik 20 yoshli fuqaroning qo‘l yuklari orasidagi telefoni bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning xotirasida 26 dona behayo mazmundagi roliklar mavjudligi aniqlandi.
Fuqaro bu telefon uning shaxsiy mulki, unda saqlanayotgan ma’lumotlar to‘g‘risida o‘zi javobgar ekanligi, bundan tashqari O‘zbekistonda pornografik materiallar taqiqlanganligi haqida birinchi marta eshitayotganligini e’tirozli ohanglarda ta’kidladi. Ammo qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.
Sud qaroriga ko‘ra N.Kibriyo O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, uning 1 million 200 ming so‘mga baholangan “Samsung Galaxy J3 Duos” rusumli telefon apparatidagi behayo tasvirlar mutaxassis tomonidan tozalangach, davlat egaligiga o‘tkazilishi ko‘rsatildi.
Yana bir holatda Surxondaryo bojxona maskanlaridan tranzit tarzida o‘tayotgan 42 yoshli chet el fuqarosining qo‘l yuklari soha xodimlari tomonidan tekshirilganda, ushbu yo‘lovchining telefon xotirasida 506 dona behayo videolavhalar boligi aniqlandi. Sud qarori bilan tegishli jazoga tortilgan fuqaroning behayolikka yo‘g‘rilgan telefoni xotirasi tozalangandan so‘ng, davlat egaligiga o‘tkazilishi belgilandi.
Ushbu mazmundagi 98 dona videoroliklarni o‘z telefonida saqlab kelayotgan hamyurtimiz B.Lochin “Moskva-Termiz” reysi bilan Surxondaryoga uchib kelganida, bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi. Telefon apparatidagi pornografik materiallar haqida so‘ralganda, B.Lochin bir muddat ilgari 2 ming Rossiya rubliga telefon sotib olganini va ushbu telefon apparatidan shu vaqtga qadar o‘zi bilan bir qatorda boshqa tanishlari ham foydalanib kelganligini ta’kidladi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi