
Bugun, 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida sud organlari tizimida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ishlarning hozirgi ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videovelektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Bosh vazir, Sudyalar oliy kengashi a’zolari, Oliy sud raisi, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sudlari sudyalari ishtirok etdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Ayni kunda sudyalarning o‘zi jinoyatga qo‘l urib, ta’magirlik va korrupsiya avj olishiga zamin yaratib berayotganlari Prezident nazaridan chetda qolgani yo‘q.
"Shu borada ba’zi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 7 nafar sudya jinoyatga qo‘l urgan. Misol uchun, Andijon viloyati Xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari Abdullaev fuqaro Nuralievdan 150 ming AQSh dollari olayotgan paytda ushlandi. Andijonliklar, nimaga elni yig‘ib, butun jamoatchilikni to‘plab, bunday illat bizning Andijonda bo‘lmaydi endi, bu noinsof ekan, deb aytmaysizlar! Nimaga?!", dedi davlat rahbari.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar