Murakkab xalq ashulalari, Xorazm lazgisi, maqom, suvora, dostonlarni qoyilmaqom tarzda kuylab, o‘zbek milliy mumtoz qo‘shiqchilik san’atining rivojiga munosib hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishga katta taraddud ko‘rilmoqda.
Xorazm viloyatining Urganch shahrida Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi, Urganch tumanidagi G‘alaba qishlog‘ida Komiljon Otaniyozov nomidagi bog‘ majmuasi va uning tarkibida ijod markazini barpo etish rejalashtirilgan.
Ustoz san’atkor dafn etilgan “Imorat bobo” qabristoni hududida yangi masjid qurilishi izchil davom etyapti, deb yozmoqda «Qalampir.uz» sayti.
Yubiley doirasida Xorazm viloyati musiqali drama teatrida o‘tkaziladigan xotira kechasi, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma, Shovot tumanidagi Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida uyushtiriladigan ustoz qo‘shiqlari ijrochilarining respublika ko‘rik-tanlovi, Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining “Ko‘hna Ark” majmuasida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
Xorazm Ma’mun akademiyasida tashkil etiladigan ilmiy-amaliy konferensiya hamda boshqa ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni yuksak saviyada uyushtirish belgilab qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi