
Kecha, 15 iyun kuni Toshkent shahrida taxminan soat 19:00 va 20:00 atrofida 1-sonli shahar sil kasalliklari shifoxonasi ro‘parasida joylashgan AYoQSh yonida mudhish YTH sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Unda chamasi 4-5 yoshli bola AYoQSh yonidagi ko‘chadan chiqib kelayotgan paytda Matiz avtomobilini ko‘rmagan va avtomobil haydovchisi uni bosib o‘tgan. Ushbu voqea videosini saytimizda joylagan edik.
Qalampir.uz sayti yozishicha, koma holatiga tushib qolgan bolakay tunda Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.
Hozirda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar