10:05 / 16.06.2017
8 841

​Video: Toshkentda haydovchi 4-5 yoshlardagi bolani bosib ketdi (18+)

​Video: Toshkentda haydovchi 4-5 yoshlardagi bolani bosib ketdi (18+)
Toshkent shahri ko‘chalariga kuzatuv kameralari o‘rnatilgandan beri qoidabuzarliklar kamaygandek go‘yo. Lekin ikkinchi tomondan yo‘l-transport hodisalari soni ortib ketayotgandek.

Ayniqsa, oxirgi paytlarda avtohalokatlarning yosh bolalar bilan sodir bo‘layotgani kishi ko‘nglini biroz xijil qiladi. Norasida bolalarni qarovsiz qoldirgan ota-onalarni koyiging yoki bee’tibor va o‘pkasi yo‘q haydovchilarni qoralaging keladi.

Xuddi shunday dahshatli voqea kecha, 15 iyun kuni Toshkent shahrida ham kuzatildi. Mudhish YTH taxminan soat 19:00 va 20:00 atrofida 1-sonli shahar sil kasalliklari shifoxonasi ro‘parasida joylashgan AYoQSh yonida sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Qalamir.uz sayti.

Taxminan 10 yoshlar atrofidagi bola chamasi 4-5 yoshli ukasini ko‘tarib o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Biroz vaqtdan keyin uka akasining qo‘lidan tushib, yugurgan va AYoQSh yonidagi ko‘chadan chiqib kelayotgan Matiz avtomobilini ko‘rmagan. Avtomobil haydovchisi esa o‘ngga burilayotganda shu bolakayni bosib o‘tgan.

Facebook’dagi guruhda videopost qoldirgan foydalanuvchining yozishicha, bola hozirda koma holatida ekan. Quyida ushbu YTH qanday yuz berganini o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin, faqat yuragi bo‘shlar qaramasin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ​Video: Toshkentda haydovchi 4-5 yoshlardagi bolani bosib ketdi (18+)