Toshkent shahrida “Hamshira — 2017” ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi. Unda yilning eng yaxshi hamshirasi aniqlandi, deb yozmoqda Uz24 sayti.
Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar 3 turdagi shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Har bir shart 10 ballik mezon asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Birinchi shartda hamshiralarning bemor bilan muloqot madaniyati, uning ahvolini to‘g‘ri baholab, muolajalarni tibbiy asbob-uskunalardan unumli foydalangan holda sifatli bajarishi baholandi.
Ikkinchi shartda hamshiralarning shoshilinch tez tibbiy yordam, birlamchi patronaj tizimi, reproduktiv salomatlik va akusherlik yordami, terapiya, xirurgiya, pediatriya, geriatriya kabi 7 ta yo‘nalish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmi baholandi.
Uchinchi shartda hakamlar ishtirokchilarning mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tub islohotlar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar mohiyati va unda hamshiralarning o‘rni va vazifasi, tibbiy tahlil natijalariga ko‘ra kasallik belgilarini aniqlashi va hamshiralik yordamini tashkil etish, epidemiologik holat yuz berganda ko‘riladigan chora-tadbirlar bo‘yicha nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazishdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Toshkent Shahar shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasi hamshirasi Shahnoza Pozilova 1-o‘rinni, Pop tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi Feruza Bo‘taeva 2-o‘rinni, Buxoro viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi reanimasiya bo‘limi hamshirasi Muharram Salimova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi