Endi Toshkentdan Ostonaga poezdda borish mumkin

Endi Toshkentdan Ostonaga poezdda borish mumkin
Yoz davrida yo‘lovchilarni tashish uchun 2 iyundan 25 avgustgacha haftada bir marta Samarqand-Toshkent-Ostona yo‘nalishi bo‘yicha yangi 452/451-sonli poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. BU haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdan ma’lum qilishlaricha, poezdlar quyidagi jadval bo‘yicha harakatlanadi.

Samarqand shahridan jo‘nab ketish vaqti juma soat 03:46da, Toshkentga yetib kelish vaqti soat 07:35 va jo‘nab ketish vaqti soat 08:20da, Ostona shahriga yetib kelish vaqti shanba kuni soat 17:22da.

Ostona shahridan jo‘nab ketish vaqti shanba kuni soat 19:16da, Toshkentga yetib kelish vaqti yakshanba kuni soat 01:05 va jo‘nab ketish vaqti soat 00:25da, Samarqand shahriga yetib kelish vaqti yakshanba kuni soat 05:03da.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar