Nishonda xotinini kaltaklagan erkak ikki yilga qamaldi (video)

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida xotiniga zo‘ravonlik qilgan erkak ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol erkak bilan shartnoma asosida yashab kelgan. Oilaviy kelishmovchilik sabab ular Nishon tumanidagi savdo do‘konlaridan birida janjallashib qolgan.
Janjal vaqtida erkak turmush o‘rtog‘ining boshi, yuzi va tanasining turli qismlariga qo‘llari bilan urgan hamda oyoqlari bilan tepgan.
Sudda erkak to‘rt marta uylangani va jami olti nafar farzandi borligini ma’lum qilgan. Jabrlanuvchi esa uning to‘rtinchi turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
Erkak oilaviy janjallardan biri vaqtida xotiniga bir-ikki marta shapaloq urganini tan olgan va qilmishidan pushaymonligini bildirgan.
Sud erkakni do‘konda sodir etilgan zo‘ravonlik bo‘yicha aybdor deb topib, unga ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.






























Izohlar 0
…