
Assalom Alaykum, hurmatli Odilxon qori aka! Kuyovlardan to‘yi kuni yoki ertasiga chimildiqqa kirayotgan payt duo so‘rashganiga guvoh bo‘ldim. So‘raganimda kuyovlarning duosi qabul bo‘ladi, degan javob oldim. Iltimos, shu haqda ma’lumot bersangiz.
Va alaykum assalom. Kuyov ilk oqshomda kelinning peshonasiga qo‘lini qo‘yib, o‘qiydigan duo o‘rgatilgan. Biroq kuyovning duosi, albatta mustajob bo‘ladi, degan ma’noda bironta hadis o‘qimaganman.
Mo‘min banda Allohga taqvo qilsa, luqmasiga e’tiborli bo‘lsa, haromdan hazar qilsa, uning duosi mustajobdir. Ayniqsa, yigitlik chog‘idagi taqvoning ahamiyati katta. Zero, bu paytda inson nafsi hoyu havaslarga intiluvchi bo‘ladi, shahvatlarga rag‘bat qiladi. Bunday paytda nafsni tiyish insondan iroda va matonat talab etiladi. Shu ma’noda taqvodor va pok yigitlarning duosi mustajob bo‘lishidan umid qilinadi. Vallohu a’lam!
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar