Ohangaronda besh kishi kechasi tog‘da adashib qoldi

Ohangaronda besh kishi kechasi tog‘da adashib qoldi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida dam olish uchun tog‘ga chiqqan besh nafar fuqaro kechasi yo‘lni yo‘qotib, qutqaruvchilar yordamiga muhtoj bo‘ldi. Ular bir necha soatlik qidiruvdan so‘ng topilib, xavfsiz hududga olib tushildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 4 oktyabr kuni soat 19:37 da «112» tizimiga Chinor mahallasidagi tog‘li hududda dam olayotgan besh kishi adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasining «Beshqo‘l» navbatchilik qismi qutqaruvchilari zudlik bilan qidiruv ishlariga kirishgan.

Qidiruv natijasida soat 00:31 da adashib qolgan fuqarolar aniqlangan. Qutqaruvchilar ularni xavfsiz hududga olib tushib, keyinchalik yashash manzillariga jo‘natgan.

FVV fuqarolarni tog‘li hududlarga safar oldidan ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Xususan, ob-havo ma’lumotlarini tekshirish, harakatlanish yo‘nalishini oldindan belgilash va xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish tavsiya etildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar