Toshkent metrosida poyezd texnik nosozlik sabab to‘xtab qoldi

7-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining "Shahriston" bekatida poyezd texnik nosozlik sabab harakatini to‘xtatdi.
Metropoliten ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, poyezd bekatdan chiqayotgan vaqtda uning bosh qismi platformadan tashqariga chiqqach, harakatni davom ettira olmagan. Nosozlik 1985 yilda ishlab chiqarilgan eski harakat tarkibida yuzaga kelgan.
Hodisa ortidan poyezddagi yo‘lovchilar tushirilgan. Nosoz tarkib texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan.
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda uzilish yuzaga kelmasligi uchun yo‘nalishga zaxira poyezdi chiqarilgan.
Mutasaddilar poyezddagi nosozlik bartaraf etilib, texnik ko‘rikdan o‘tkazilgach, uning keyingi ekspluatatsiyasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishini bildirgan.































Izohlar 0
…