Oqdaryoda elektr energiyasi qarzdorligi uchun transformatorlar auksionga chiqarilmoqda

Oqdaryoda elektr energiyasi qarzdorligi uchun transformatorlar auksionga chiqarilmoqda

Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan, «X. T.» fermer xo‘jaligidan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ foydasiga 288 million 166 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida fermer xo‘jaligiga tegishli 2 dona tok transformatori aniqlanib, xatlandi va saqlash uchun mas’ul tashkilotga topshirildi.

Qarzdorlik o‘z vaqtida qoplanmaganligi sababli, mazkur transformatorlar «E-AUKSION» elektron savdo platformasi orqali ochiq auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Savdodan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar