Bozorboy Milliy gvardiya xodimlari uning qo‘lini sindirganini aytdi: holat tekshirilmoqda (video)

Bozorboy Milliy gvardiya xodimlari uning qo‘lini sindirganini aytdi: holat tekshirilmoqda (video)

Toshkentdagi «Chorsu» bozorida qo‘shiq kuylashi bilan tanilgan ko‘cha ijrochisi Bozorboy Milliy gvardiya xodimlari uni olib ketish vaqtida qo‘lini sindirib qo‘yganini iddao qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning qo‘li maxsus fiksatorga olingan holda aks etgan videomurojaati tarqaldi.

Biroq hozircha jarohat qachon va qanday sharoitda olingani, shuningdek, qo‘l singani tibbiy tashxis bilan tasdiqlangani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Milliy gvardiya xodimlari Bozorboyni «Eski Jo‘va» bozori hududidan IIBga olib borgan edi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, u bozorda tadbirkorlar, fuqarolar va xorijlik sayyohlardan pul so‘ragan, pul berishdan bosh tortgan ayrim kishilarni esa haqoratlab, bezovta qilgan.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Bozorboyning jarohat haqidagi da’vosi yuzasidan Milliy gvardiya rasmiy tekshiruv boshlagani, voqeaga xolis huquqiy baho berilib, natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar