Chorsu yaqinidagi avtobusda yong‘in: tafsilotlar ma’lum bo‘ldi (video)

Chorsu yaqinidagi avtobusda yong‘in: tafsilotlar ma’lum bo‘ldi (video)

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 7-avtobus saroyiga qarashli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida transport vositasi zarar ko‘rgan, biroq jabrlanganlar qayd etilmagan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 12:01 da Laylitog‘on ko‘chasida avtobus yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini boshlagan. Alanga qisqa vaqt ichida nazoratga olinib, soat 12:09 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in 7-avtobus saroyiga tegishli transport vositasida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida avtobusga zarar yetgan, fuqarolar orasida jabrlanganlar yo‘q.

Hozircha yong‘in kelib chiqish sabablari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar