2016 yilning noyabr oyi oxirlarida muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun sudlangan Mahkamov Farrux hamda muqaddam sudlanmagan Ergashev Jonibek Chilonzor tumani hududida fuqaro M.ning ishonchiga kirishgan. Ular jabrlanuvchining soddaligidan foydalanib, unga “Neksiya-2” rusumli avtoulovni kim oshdi savdosi orqali olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan jami 3 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, bergan va’dalarini bajarmay kelganlar.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (ya’ni, firibgarlik) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi yuqoridagi shaxslardan jabrlanganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘rab qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?