2017 yilning 28 iyun kuni Toshkent IIBB tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida “Bektemir” YPX maskanida 1 kg 700 grammdan ortiq giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Shahar IIBBda tashkil etilgan brifingda ma’lum qilinishicha, muqaddam o‘g‘irlik jinoyati sodir etgani uchun sudlangan Anikeev Stanislav hamda muqaddam sudlanmagan Charyarov Alimardon Ibrohimovichlar fuqaro Rahimovning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2104” rusumli avloulovida Bektemir tumani hududida joylashgan “Bektemir” YPX maskanidan kirib kelishda o‘z hatti-harakatlari bilan IIBB xodimlarida shubha uyg‘otishgan. Avtomashina to‘xtatilib, fuqaro Anikeev va Charyarovlarning yoni tekshirilgan vaqtda umumiy og‘irligi 1 kg 748 gramm miqdorida “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ya’ni, ko‘p miqdorda, giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?