Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, bir qator tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hafta davomida Toshkent viloyat hududida 24 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, 24 nafar shaxs turli darajada tan jarohatlari olgan. Bu haqda Toshkent viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan 3 ming 931 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi. Bulardan, qo‘pol qoidabuzarliklar 1 ming 459 tani, jumladan, transport vositasini mast holda boshqarish 85 tani, belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarligi 271 tani, temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzish 5 tani, odam tashish qoidasini buzish 609 tani, telefondan foydalanish qoidasini buzish 10 tani va boshqa qoidabuzarliklar 457 tani tashkil etadi.
Shuningdek, 1 ming 242 ta xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, 189 ta transport vositasini o‘t o‘chirish vositasi, jilet va dori-darmon qutisisiz boshqarish, 118 ta transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish va 103 ta piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?