21:34 / 30.06.2017
7 539

Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” o‘rnida tuzilgan tashkilotga rais tayinladi

Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” o‘rnida tuzilgan tashkilotga rais tayinladi
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Qurultoyi o‘z ishini yakunlagani haqida xabar bergan edik. Mazkur Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Qurultoy yakunida Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” YoIH o‘rnida tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga Qahramon Quronboyevni rais etib saylash taklifini berdi. Delegatlar ushbu taklifni bir ovozdan ma’qullashdi, deya xabar berdi ishonchli manbalarimiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar malasi bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Ma’lumot uchun, Qahramon Quronboyev 1992 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Qahramon Quronboyev bungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston milliy universiteti, “Kamolot” YoIH, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” o‘rnida tuzilgan tashkilotga rais tayinladi