Germaniyada yashovchi 10 yoshli o‘zbekistonlik ixtirochi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Germaniyada istiqomat qiluvchi 10 yoshli Ilmiyor Sadriddinov chiqindilarni yig‘uvchi robot yaratib, “mb21” multimedia tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yosh ixtirochi 200 dan ortiq raqibini ortda qoldirdi.
Ilmiyor Drezden shahrida o‘tkazilgan tanlovda o‘zi ishlab chiqqan “AIMER” robotini namoyish etdi. Qurilma ommaviy tadbirlarda mustaqil harakatlanib, odamlardan bo‘sh plastik idishlarni maxsus bo‘limiga tashlashni so‘raydi. Bundan tashqari, ovoz orqali ekologiyaga oid ma’lumotlar va hazillarni ham aytib beradi.
Robot karton, qayta ishlangan materiallar hamda “LEGO Spike” to‘plami yordamida yasalgan. Eng e’tiborlisi, uning dasturiy ta’minotini ham Ilmiyorning o‘zi yaratgan. Hakamlar yosh ixtirochining loyihani mustaqil ishlab chiqib, tayyor prototip holiga keltirganini yuqori baholagan.
Ma’lumot uchun, “mb21” Germaniyada 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan multimedia tanlovi hisoblanadi. Bu yil musobaqa 28-marta tashkil etilib, g‘oliblarga jami 11 ming yevro mukofot puli ajratilgan.
Ilmiyor yutgan pulini robot imkoniyatlarini kengaytirishga sarflamoqchi. U “AIMЕR”ga kamera va chiqindilarni turlariga qarab saralaydigan maxsus mexanizm o‘rnatishni rejalashtirgan.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…