Pavel Durov iPhone egalariga xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish berdi

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kanalida iPhone foydalanuvchilariga jiddiy ogohlantirish bilan murojaat qildi. Uning aytishicha, eskirgan iOS versiyalarida ishlayotgan qurilmalar xakerlik hujumlari xavfi ostida bo‘lishi mumkin.
Durovning ta’kidlashicha, operatsion tizimning biroz eski versiyasidan foydalanish ham telefondagi shaxsiy ma’lumotlar va akkauntlar xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin. Ayrim holatlarda xakerlar qurilmaga kirishi uchun zararli saytni ochishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin.
Shu sababli Telegram eski iOS versiyalaridan foydalanayotgan ayrim foydalanuvchilarga xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish xabarlarini yuborishni boshlagani aytilmoqda.
iPhone'ni qanday yangilash mumkin?
Telefon menyusi rus tilida bo‘lgan foydalanuvchilar quyidagi tartibda yangilashni amalga oshirishi mumkin:
1. «Nastroyki» ilovasini oching.
2. «Osnovnie» bo‘limiga o‘ting.
3. «Obnovleniye PO» bandini tanlang.
4. Yangi versiya mavjud bo‘lsa, «Obnovit seychas» yoki «Zagruzit i ustanovit» tugmasini bosing.
5. Telefon parolini kiriting va yangilanish yuklanib, o‘rnatilishini kuting.
Yangilashdan oldin quyidagilarga e’tibor bering:
• Telefon Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lsin.
• Qurilmaning quvvati kamida 50 foiz bo‘lishi yoki telefon quvvatlagichga ulanishi kerak.
• Yangilanish jarayoni tugaguncha telefonni o‘chirmang. Qurilma o‘rnatishdan keyin avtomatik ravishda qayta ishga tushadi. Bu jarayon 10–20 daqiqa davom etishi mumkin.
Keyingi yangilanishlarni avtomatik o‘rnatish uchun «Obnovleniye PO» bo‘limidagi «Avtoobnovleniye» funksiyasini ham yoqib qo‘yish tavsiya etiladi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar



























Izohlar0
…