Otning taqdiri hal bo‘ldi: u avvalgi egasiga qaytarildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda bozorga sotish uchun olib kelingan otning egasini qo‘yib yubormay, ortidan boshi bilan itarib, bozordan olib chiqishga urinishi aks etgan video ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi. Ushbu lavhalarni ko‘rganlar otning taqdiriga befarq qolmay, uni avvalgi egasiga qaytarish istagini bildirgan.
Keyinchalik otni avvalgi egasiga qaytarish maqsadida mablag‘ yig‘ilayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Bu tashabbus ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llab-quvvatlandi.
Endi esa tarqalgan yangi videoda otning yangi egasi uni avvalgi egasiga qaytarishga qaror qilgani va otni qaytarish uchun berib yuborayotganini ma’lum qildi. Bu xabar ko‘pchilikni quvontirdi.
Izohlarda foydalanuvchilar otning o‘z egasiga qaytayotganidan mamnunligini bildirib, yangi egasining bu qarorini olqishlamoqda. Ko‘pchilik uning jonzot taqdiriga befarq bo‘lmagani va xayrli ishga qo‘l urganini e’tirof etmoqda.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…