7 364
Prezident topshirig‘i bajarildi: Mo‘ynoqqa toza ichimlik suvi etib bordi (Fotogalereya)
Joriy yilning 1 iyul sanasi mo‘ynoqliklar uchun katta bayram, katta to‘yga aylangan tarixiy kun sifatida barchaning hayotida muhim o‘rin egalladi, deb xabar beradi "KRuz" sayti.
Barchamizga ma’lum, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarga belgilangan Orolbo‘yi mintaqasini obodonlashtirish va Mo‘ynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha maxsus qarorlar qabul qilindi va ushbu hujjatlar asosida bugungi kunda aholi hayotida kata o‘zgarishlar va yangilanishlar ro‘y bermoqda.
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev shu yilning 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq toza ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi bilan yaqindan tanishgandi. Ushbu 101 kilometrlik suv tarmog‘i ishga tushgach, bir sutkada 7 ming kub metr suv etkazib berish va 25 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoni yaratilishi ta’kidlangandi.
Bu Mo‘ynoq tumani aholisining ko‘p yillardan buyon ruyobga chiqmay kelayotgan armoni edi. Prezidentimizning tashrifidan so‘ng ushbu armon ruyobga chiqdi. O‘tgan oylar davomida Bosh pudratchi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Maxsus mexanizasiyalashgan yo‘l stansiyasi” korxonasi tomonidan 26 milliard so‘mlik ish ko‘lami bajarildi.
Joriy yilning 1 iyul kuni “Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq magistral suv tarmog‘i”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Erniyazov so‘z olib, Prezidentimizning xalqimizga qaratayotgan e’tiborini alohida ta’kidlab o‘tdi va qoraqalpog‘istonliklar, mo‘ynoqliklar nomidan Yurtboshimizga minnatdorchilik bildirdi. Bundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Ramatov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Mo‘ynoq tumani aholisini toza ichimlik suvi etib kelishi bilan samimiy tabrikladi va o‘tgan oylar davomida olib borilgan qurilish ishlari, Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq magistral suv tarmog‘ining imkoniyatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.
Bundan so‘ng aholining ko‘pdan kutgan armoni ishga oshdi. Toza ichimlik suvi tarmog‘i ochilib, undan osmon qadar otilib chiqqan toza suv ko‘ngillarga o‘zgacha quvonch, o‘zgacha shodlik bag‘ishladi. Aholi toza suvdan ichib, uni peshanasiga boshib, ko‘zlariga quvonch yoshlarini oldi va shunday kunlarga etgani uchun shukuronalik qilishdi.
Tadbirda Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq toza ichimlik suvi tarmog‘ining qurilish ishlarida faol ishtirok etgan rahbar va ishchi-xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar va Faxriy yorliklar topshirildi.
So‘z olgan mo‘ynoqliklar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga raxmatlar aytish bilan birga, qurilish ishlariga bosh-qosh bo‘lgan barcha rahbar-xodimlarga minnatdorchilik bildirishdi va tadbir ishtirokchilari san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib raqsga tushishdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi