Toshkent haydovchilari piyodalarga jazirama issiq kunlarda piyodalarni manzillarga etkazish bo‘yicha xayrli ish qilish taklif qilindi. Bu aksiyani amalga oshirishni Facebookda «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolarilari taklif qilishdi. Sputnik xabarida aytilishicha, ushbu guruhda aksiya tashkilochisi quyidagi mazmunda post yozib qoldirgan:
«Qadrli guruhimiz a’zolari, ko‘chalarda jazirama issiq kunlarda odamlar yurak xuruji, oftob yoki issiqlik urishi, hushidan ketish va shunga o‘xshagan holatlar ko‘p sodir bo‘lmoqda. Haydovchilar avtobus bekatlarda turgan yoki ko‘chalarda ketayotgan yoshi katta kishilarni, shu jumladan homilador ayollar va yosh bolasi bo‘lgan ayollarni avtomashinalarga olib, yo‘l-yo‘lakay manzillariga etkazishni taklif qilaman. Bu qiyin ish emas, bu ezgu amal bilan kimningdir hayotini saqlab qolamiz».
Ayrim haydovchilar jazirama issiq kunlarda piyodalarni manzillarga etkazish bilan shug‘ullanayotganligi haqida fikr bildirganlar:
«Bugun men bir ayolni bolasi bilan shifoxonaga etkazdim. Boshida ushbu ayol mashinamga o‘tirishni hohlamadi. Mashinamda boshqa odamlar o‘tirganini ko‘rib, keyin mashinamga o‘tirishga rozi bo‘ldi»— deb izoh qoldirdi guruh a’zolardan biri.
«Men ham piyodalarni ularga kerakli bo‘lgan manzillarga olib borishga yordam beraman»— deb qo‘shimcha qildi boshqa haydovchi.
Lekin, piyodalarni jazirama issiq paytda olib borish fikriga shubha bilan qarayotganlar ham bor.
«Ko‘pchilik begona mashinaga o‘tirishga qo‘rqadi, ayniqsa bepulga olib borish taklif qilinganda»— deb izoh qoldirdi guruh a’zosi.
Baribir ko‘pchilik guruh a’zolari piyodalarga yordam berish kerakligini qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Ayrim sabablarga ko‘ra jazirama issiq paytida piyoda ketishga majbur bo‘lgan kishilarga — ko‘proq suv ichish, quyosh nuridan boshni asrash, eng yaxshisi esa ko‘chada kamroq bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...