Jazirama kundan keyin toshkentliklar favvoralar atrofida hordiq chiqarmoqda

Kunduzgi jazirama pasaygach, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi oldida oilalar gavjum bo‘lmoqda. Ayniqsa, yer ostidan otilib chiqadigan piyodalar favvoralari bolalar uchun yoz oqshomlarida eng sevimli joylardan biriga aylangan.
Bolalar suv oqimlari orasida yugurib, o‘ynab, issiq kundan keyin salqinlashmoqda. Ota-onalar esa ularni kuzatib, markaz atrofida hordiq chiqarishmoqda. Bu hudud qisqa vaqt ichida oilaviy sayr uchun qulay kechki manzillardan biriga aylandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu manzara aks etgan videolar ham keng tarqalmoqda. Foydalanuvchilar bunday favvoralar yozning issiq kunlarida aholiga yengillik berishini, bolalar uchun esa quvonchli muhit yaratishini yozishmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…