
AQShning Denver shahridan shimolga tomon 77 km uzoqlikda joylashgan Gleyser Vyu Ranch tog‘ lageri instruktori, 19 yoshli Dilan 9 iyulda tonggi soat 4 larda g‘alati g‘ijirlash ovozidan uyg‘onib ketib, o‘ngidagi manzaradan dahshatga tushadi: yirik ayiq uning boshidan tishlab, uxlash qopchasidan chiqarib, o‘rmonga tashib ketmoqchi bo‘layotgan edi.
O‘smirga tan berish kerakki, u bunday dahshatli vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan. U yirtqichga bir necha bor zarba tushiradi. Shovqindan yaqin orada uxlab yotgan sayyohlar uyg‘onib ketadilar va birgalikda ayiqni qo‘rqitib, ortga qaytishga majbur qiladilar.

Aniqlanishicha, Dilan uyg‘ongunigacha ayiq uni qopcha bilan birga 4 metrcha sudrab borgan. O‘smir zudlik bilan shifoxonaga etkazilgan. U nafaqat muqarrar o‘limdan omon qolgan, balki kichik tirnash va lat eyishlargina olgan. Shifokorlar unga yordam ko‘rsatishgach, u qo‘yib yuborilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar