14:30 / 13.07.2017
7 305

Putinning mashinasida sirli yo‘lovchini payqab qolishdi

Putinning mashinasida sirli yo‘lovchini payqab qolishdi
OAVlar Rossiya prezidenti Valaamga shaxsan o‘zi haydab kelgan avtomobildagi sirli yo‘lovchiga e’tibor qaratdi, deb yozadi «Mk.ru». U ayol yoki erkak bo‘lganini aniqlash imkoni bo‘lmadi. Bu odamning tizzasida qizil sumkachasi bo‘lgani ma’lum, xolos. Hatto Kremldagilar ham prezidentning hamrohi haqida hech qanday ma’lumotga ega emas.

Ba’zi OAVlar prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga murojaat qilib, Vladimir Putin boshqargan Mercedes ML avtomobilining orqa o‘rindig‘ida kim o‘tirganini so‘raganida, u qisqa qilib: «Mutlaqo xabarim yo‘q», — deb javob berdi.
Sirli yo‘lovchi «Zvezda» telekanali e’lon qilgan kadrlarda ko‘rinib qolgan. Ularda Vladimir Putin Mercedes’ning haydovchi o‘rindig‘idan chiqib, orqa eshikni ochganini ko‘rish mumkin. Yo‘lovchi o‘rindig‘ida kalta engli norasmiy kiyim kiygan va qo‘lida qizil sumka tutgan kishi o‘tiribdi. Bu yo‘lovchi mashinadan chiqmadi, qo‘li bilan monastirga ishora qildi, shundan so‘ng prezident eshikni yopib, ibodatxona tomonga ketdi.

Jurnalistlar taxmin qilishicha, agar u ayol kishi bo‘lsa, Putin uning qo‘lidan tutib, mashinadan tushishiga yordam bermoqchi bo‘lgan. Ammo o‘sha vaqtda Putinning ustki kiyimi bo‘lmagan va balki u shunchaki orqa o‘rindiqdan pidjakini olmoqchi bo‘lgan, biroq negadir olmagan.
OAVlar qayd etishicha, ibodatxonadan Putin boshqa mashinada jo‘nab ketgan, uni haydovchi boshqargan.
Biroz vaqtdan so‘ng Life jurnalistlari Dmitriy Peskovga Putinning mashinasidagi yo‘lovchi haqida qaytadan savol berdi. «Xavfsizlik (xodimi)», — deya nashr Peskovning javobini keltirdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putinning mashinasida sirli yo‘lovchini payqab qolishdi