11 iyul kuni ertalab Chirchiqda Chirchiq-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Ssang YONC Istana mikroavtobusi zirhli transportyor (BTR) bilan to‘qnashib ketdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, YTH oqibatida mikroavtobus yo‘lovchilari – ikki bola halok bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.
«Kun.uz» ning viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbasining so‘zlariga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagani shunday ayanchli fojiaga sabab bo‘lgan. Mikroavtobus avtokarvon sifatida harakatlanayotgan harbiy mashinalar oralig‘iga kirmoqchi bo‘lgan. Qoida bo‘yicha haydovchi avtokarvonni o‘tkazib yuborib, harakatlanishni davom ettirishi kerak edi.
Bir tomondan mikroavtobus haydovchisining qo‘pol xatosi va ikkinchi tomondan BTR (zirhli harbiy mashina)ni boshqarayotgan harbiyning ham yon tomondan harakatga qo‘shilayotgan transport vositasini ko‘rmagani sababli to‘qnashuv yuz bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi