22:14 / 13.07.2017
11 569

Migrasiya agentligi 500-1100 dollarlik ishlarga taklif qilmoqda

Migrasiya agentligi 500-1100 dollarlik ishlarga taklif qilmoqda
O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi bugungi kunda agentlikda mavjud bo‘lgan vakansiyalar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozmoqda Sputnik.

Yo‘nalishli avtobus haydovchilari — 1000 kishi. Mosgortrans kompaniyasi «D» kategoriyaga ega bo‘lgan tajribali haydovchilarini ishga taklif qilmoqda. Maosh 43-60 ming rubl, turar joy va kunlik yo‘l xarajatlari qoplanadi. Nomzodlar kamida 1 yillik ish tajribasi bo‘lishi va rus tilini yaxshi bilishi kerak.

Bo‘yoqchi-suvoqchilar — 20 kishi. Moskva, Skolkovo hududi. Maosh 40-45 ming, turar joy va ovqat xarajatlari qoplanadi. Nomzodlar bir yillik tajribaga ega bo‘lishi va 20-45 yoshda bo‘lishi kerak.

Shlifovщik, tokar, slesar, naladchik stankov, termistlar — 270 kishi. Volgograd podshipnik zavodi rus tilini o‘rtacha bilgan fuqarolarni ishga taklif qilmoqda. Kerakli tajribaga ega bo‘lmaganlarni joyida o‘qitish imkoni bor. Nomzodlar turar joy va ovqat bilan ta’minadi. Maosh o‘qish vaqti 15-22 ming rubl, ishlash vaqti — 30 ming rubl.

Tikuvchilar.
Astraxan shahrida joylashgan «Xaska» korxonasi 4 razryad va undan yuqori malakaga ega bo‘lgan tikuvchilarni ishga taklif qilmoqda. Tikuvchilar rus tilini o‘rtacha bilishi kerak. Maosh 20-40 ming rubl. Patent rasmiylashtirish xarajatlari (8600 rubl) ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Turar joy va ovqatlanish bir kuniga 33 rubl. O‘zbekistondan kelish yo‘l puli, keyinchalik maoshidan ushlab qolish sharti bilan, ish beruvchi tomonidan qoplanishi mumkin.

Yuqoridagi vakansiyalar bo‘yicha ishlashni istagan fuqarolar O‘zbekiston Tashqi Mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin. Manzil Toshkent, Olmazor tumani, Kamarniso ko‘chasi, 1-uy. tel: 214-51-87, 214-24-29.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 4-5 aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegasiyaning Rossiya Federasiyasiga tashrifi davomida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga turar joy, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlangan va huquqlari kafolatlangan holda, tashkillashtirilgan tartibda ishga taklif qilish haqida kelishib olingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Migrasiya agentligi 500-1100 dollarlik ishlarga taklif qilmoqda