15:54 / 17.07.2017
7 467

Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida — Prezident

Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida — Prezident
Prezident 11 yillik maktablarda o‘quv dasturlarini puxta ishlab chiqish, ularni sifatli adabiyotlar bilan ta’minlashga topshiriq berdi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.

Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida. O‘zi tanlasin, muhimi, ularni tarbiyali, ota-onasini hurmat qiladigan, vatanparvar qilib voyaga etkazishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shanba kuni Toshkentning Yunusobod tumaniga tashrifi jarayonida davlat rahbari mamlakatda 11 yillik maktab ta’limini tashkil etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot Yunusobod tumanining «Islomobod» mahallasidagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zA.

«Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar etishib chiqqan. Yoshlarimizni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim», — dedi Prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda maktab tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Maktabda o‘quvchi ma’lum muhitda shakllanadi. O‘qituvchi va ota-onasining doimiy nazoratida bo‘ladi. Maktabdan so‘ng kollej yoki liseyda — boshqa muhit. Shuning uchun ota-onalar, keng jamoatchilik fikri, taklifi asosida 11 yillik maktab ta’limi qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.

Taqdimotda 11 yillik maktablarda o‘quv dasturlarini puxta ishlab chiqish, ularni sifatli adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. O‘quvchilar maktab qoshida yoki yaqin atrofdagi kasb-hunar kollejida tashkil etiladigan o‘quv ishlab-chiqarish majmualarida haftasiga bir marta turli mutaxassisliklarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Islomobod mahallasida 3 ming 165 aholi istiqomat qiladi. Lekin mahalla hududida maktab yo‘q. Yoshlar boshqa mahallalardagi maktablarga qatnashga majbur. Uchrashuvda mahalla faollari, ota-onalar hududdagi Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejini 11 yillik maktabga aylantirish taklifini bildirdi. Prezident ushbu taklifni ko‘rib chiqish uchun mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Davlat rahbariga 11 yillik maktab ta’limi, Mudofaa vazirligi huzurida «Temurbeklar maktabi"ni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar haqida ham ma’lumot berildi.

Prezident shu erda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bir guruh faollari bilan uchrashdi. Unda iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, uy-joy bilan ta’minlash, poytaxtimizda yosh kompozitorlar uyini tashkil etish va boshqa masalalar haqida so‘z bordi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida — Prezident