
Andijon shahrining “Navro‘z” mahallasi hududida shu shaharda yashovchi fuqaro ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan narxi 800000 so‘mlik «Galaxy-J3» telefon apparati va 30000 so‘mlik qo‘l soatini noma’lum shaxs olib qo‘yganligini ma’lum qilgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida talonchilik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritgan T.M. aniqlanib, ushlandi.
Holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar