
Ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkentdagi Inha universitetida 2017 yilning 20 va 21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Universitet matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar berdi.
Kirish imtihonlarini o‘tkazish vaqtida to‘liq shaffoflikni ta’minlash maqsadida Inha universiteti rahbariyati tomonidan jurnalistlarni imtihonlarga taklif qilish haqida qaror qabul qilindi.
Qiziqish bildirgan jurnalistlarning barchasi Inha universitetida kirish imtihonlarini o‘tkazish chog‘ida shaxsan qatnashishi mumkin, shuningdek, ular 2017—2018-o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Buning uchun OAV vakillari ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ushbu masala bo‘yicha universitet matbuot xizmatiga murojaat qilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar