17:31 / 22.07.2017
6 245

Video: o‘zbekistonlik 3 talaba BMT bosh qarorgohida so‘zga chiqishdi

Video: o‘zbekistonlik 3 talaba BMT bosh qarorgohida so‘zga chiqishdi
Kecha, 21 iyul kuni Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ko‘p til – bir olam” tanlovining 60 nafar g‘olibi e’lon qilindi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Tanlovning birinchi bosqichida dunyoning 170 ta mamlakatidan 6 mingdan ziyod talaba qatnashdi. Ular o‘z insholarini BMTning rasmiy tili hisoblangan – ingliz, arab, fransuz, ispan, xitoy va rus tillarida taqdim etishdi.

Har bir til yo‘nalishida 10 tadan g‘olib, umumiy hisobda 60 nafar g‘olib e’lon qilindi.

Quvonarlisi shuki, rus tilidagi insholar tanlovi g‘oliblari orasida o‘zbekistonlik talabalar ham bor. Ular – Nargiza Muxtorova, Sohib Saidov va Nigina Fayzullo qizi. Tahririyatimiz nomidan ularni chin dildan muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ham bundan-da yuqori yutuqlarni tilaymiz.

Shuningdek, qirg‘izistonlik Go‘zal Abdullaeva, Sayqal Omonbekova, Moldovadan Yana Skvarovskaya, Qozog‘istondan Karina Kalieva, Janara Kangtarbay, Ukrainadan Olena Onufriva va Sergey Lashin ham g‘oliblar qatoridan joy olishdi.

Tanlovning barcha g‘oliblari Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi zalida so‘zga chiqdilar. Ularga Xalqaro yoshlar forumida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: o‘zbekistonlik 3 talaba BMT bosh qarorgohida so‘zga chiqishdi