Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo‘l tumanlari hamda Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.
21 iyul kuni prezident tashrifidan keyin ishdan olingan Ohangaron tumani va Angren shahri hokimlari o‘rniga yangilari tayinlangan.
Endilikda Ohangaron tumaniga Rustam Ubaydullaev o‘rnida Odiljon Jo‘raev Alimovich rahbarlik qiladi. U shu kungacha Mudofaa vazirligida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Angren shahriga esa prezident tomonidan lavozimdan olingan Ibrohim Rahmonov o‘rniga Hakimjon Mamasodiqovich Abdulazizov yangi hokim etib tayinlandi. Abdulazizov shu kungacha Respublika FVV tizimida ishlagan.
Abduqahhor Abdusattarovich To‘xtaboyev esa Yangiyo‘l tumaniga yangi hokim etib tayinlangan. Bu tumanga o‘tgan yil avgustida Toshkent viloyati hokimligidan ketgan Sodiq Abdullaev rahbar etib tayinlangan, biroz avvalroq u bu lavozimdan ham ketgandi.
To‘xtaboyev prokuratura sohasida faoliyat yuritgan, 2012-2015 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori, 2015-2017 yillarda Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Yangiyo‘l va Ohangaron yana viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarga aylantiriladi. Etti yil avval ular tuman bo‘ysunuviga o‘tkazilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi