17:31 / 25.07.2017
7 043

Yotoqxonalarda yashayotganlarga mulkni xususiylashtirib, Toshkentda doimiy ro‘yxatga kirish imkoni berildi

Yotoqxonalarda yashayotganlarga mulkni xususiylashtirib, Toshkentda doimiy ro‘yxatga kirish imkoni berildi
Vazirlar Mahkamasining 22.06.2017 yildagi 413-son "O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida"gi qarori qabul qilindi, deb yozadi "Norma.uz"

"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida"gi Qonun kuchga kirgungacha (15.09.2011 yilga qadar) berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda bo‘lish joyida hisobda turgan shaxslarga mazkur turar joylarni xususiylashtirish huquqi berildi.

Xususiylashtirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Mazkur sanaga qadar ushbu kvartiralarni xususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat etildi.

Natijada Ro‘yxatning 1-bandiga muvofiq xususiylashtirilgan kvartiralar mulkdorlari bunday yo‘l bilan tegishincha Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida bunday turar joy maydonida doimiy propiskadan o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yotoqxonalarda yashayotganlarga mulkni xususiylashtirib, Toshkentda doimiy ro‘yxatga kirish imkoni berildi