Rossiyaning eng boy kishilaridan biri, USM Holdings kompaniyasi asoschisi Alisher Usmonov hisobidagi mablag‘lar aniq miqdorini bilmaydi, sevimli ayoliga atir sovg‘a qiladi va, umuman olganda, qalbga chuqur kirib boruvchi iboralarni ko‘p qo‘llaydi. Kommersant nashri Rusbase to‘plagan Alisher Usmonovning intervyularidagi kishida ilhom uyg‘otuvchi eng qiziqarli iboralarni chop etdi.
Pullar – yo yutuqlaring mezoni bo‘ladi yoki aksincha, ularga qarab, omadsizliging haqida baho berish mumkin.
Inson, barcha qarzlarini qaytarish majburiyati hissini engib o‘tmay turib, pullarni xotirjam sarflay olmaydi.
Men o‘z ixtiyorimsiz biznesmen bo‘lganman.
Qisqa muddat ichida boylik to‘plashga qaror qildim, maqsadim – kelgusida uni davlat huquqi sohasidagi tadqiqotlarga homiylik tarzida sarflash edi. Biroq, keyinchalik dastlabki qarorimga qiziqish qolmadi.
Hayotda har kim o‘tishi lozim bo‘lgan ko‘plab maktablar bor.
Boy bo‘lish uchun ma’lumotli bo‘lish zarur, deb aniq ayta olmayman. Biroq, ma’lumotli bo‘lsang, boy bo‘lish imkoniyating oshadi.
Biznesda xuddi sportdagidek – omad kuchlilarga kulib boqadi.
Yoshligimdagi xatolarimga achinmayman, chunki ularning jazosini xo‘b tortdim.
Hech narsa shunchaki bo‘lmaydi.
Men boy bo‘lib tug‘ilganman: ota-onam menga ta’lim va tarbiya berishgan.
Biznesdagi omadsizlik har doim ham biznesning omadsiz yakun topishini anglatavermaydi.
Ba’zida sherikdan ayrilishni pulni yo‘qotishdan yomonroq deb hisoblayman.
Ikki usulda yashash mumkin: sen yo sheriklaring bilan, yo keyinchalik sheriklaringga aylanadigan do‘stlaring bilan birgasan.
Qanchalik ko‘p ulashsang, shunchalik ko‘p o‘zingga qaytadi.
Ilg‘or postindustrial davrda, hayot pragmatizmi IQdan ustun kelayotgan zamonda yashayotgan bugungi kun yoshlari uchun jamoada ishlash aslo zarur emas.
Erishgan yutuqlaringga jamoaviy yondashuv hayotni yanada to‘laqonli qiladi.
Qaytara olishing mumkin bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq qarz olmaslik kerak. Mana shu tamoyil muvaffaqiyat erkinligini ta’minlaydi.
Bajarilishi gumon majburiyatlarni zimmangga olma, shunda o‘sish istiqboliga ega bo‘lasan.
Mamlakatimizda muvaffaqiyat va imkoniyatlar o‘lchovi pul bo‘lib qoldi. Shu sababli boylar ham vijdonli, oqil va oqko‘ngil insonlar bo‘lishi mumkinligiga ko‘pchilik ishonmay qo‘ydi.
Mehnat qilish hammaning peshonasida bor. Mehnatining mahsuli o‘laroq biznesmen bo‘lish esa hammaga ham nasib etavermaydi.
Eng yoqimli xarajat – kitob xarid qilish.
Bu dunyoda albatta kimdir bilan bo‘lashishing lozim.
Ma’lum yoshga etganda, sevimli ayolga sovg‘a olish uchun pul sarflash xush yoqa boshlaydi.
Biznesmen – bu amaliyot odami.
Pullar nimadadir seni erkin qilishi mumkin, lekin boshqa narsada qaram qilib qo‘yadi.
Ishlab topish qo‘lidan keladigan odamlar pul so‘rab murojaat qilsalar, g‘ashimga tegadi.
Oilamizda bolalarga juda kam pul berishga harakat qilaman. Ota-onamiz bizlarga avvalo ta’lim va tarbiyani qoldirdilar, qolgan barchasiga o‘zimiz erishdik.
Hozirda jon deb yillik daromadi bir necha yuz ming dollar bo‘lgan odamga aylangan bo‘lardim. Shunda sen bilan hech kimning ishi bo‘lmaydi va mutlaqo erkin bo‘lasan.
Agar vijdonli bo‘lsang, boylik va xayrli ishlar qila olish imkoniyati senga faqat rohat baxsh etadi.
Hisobimda qancha pulim borligini o‘zim bilmayman. G‘aznachilik vazifasini bajaruvchi kishim bor.
Shaxsiy xarjlarim oladigan daromadimchalik katta emas.
O‘zimni mutlaqo oddiy odam deb hisoblayman. Hayot tarzim hech qachon qancha pul topishimga bog‘liq bo‘lmagan… nechadir yuz ming, million, kimlarningdir so‘zlariga qaraganda, nechadir milliard topganimda ham.
Har doim bir xil, bir turmush tarzida yashaganman. Birgina jihat o‘zgardi: endi men o‘zimga qulay bo‘lishi uchun qimmatroq ashyolar xarid eta olaman.
Men birgina ish – moliya bilan shug‘ulanaman. Moliya bozorning turli vositalari orqali seni turfa sohalarga olib kiradigan faoliyat sanaladi.
Men muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz sarmoya kirituvchi moliyaviy investorman.
Sen o‘zing o‘rganmagan sohaga pul tika olmaysan.
Yuksak texnologiyalarga sarmoya kiritar ekansan, xohlaysanmi-yo‘qmi, ilm-fanga aloqador bo‘lasan.
Baxt pulda emas, balki baxtli bo‘la olish qobiliyatidadir.
Har bir inson baxtni o‘zicha tushunadi va u har doim ham pul miqdoriga bog‘liq emas.
Birinchi navbatda men, do‘stlar orttirish imkonini bergan xislatlarni tarbiya etganlari uchun, ota-onamdan minnatdorman. Do‘stlarimga esa, katta biznesmen bo‘lishimga yordam berganliklari uchun rahmat.
Manba: kommersant.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi