17:34 / 28.07.2017
11 514

Talaba bo‘lishni istagan abiturientlarga etti maslahat

Talaba bo‘lishni istagan abiturientlarga etti maslahat
Ma’lumki, O‘zbekistonda 1 avgust kuni oliy ta’lim muassasalariga qabul testlari o‘tkaziladi. Test jarayonlarida abiturientlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 7 holatga to‘xtalamiz.

1. Hurmatli abiturient, avvalo, belgilangan tartiblarga qat’iy rioya etishingiz zarur. Aks holda, test nazoratchilari tomonidan tuzilgan yozma dalolatnomaga asosan imtihondan zudlik bilan chetlashtirilasiz. Shuningdek, imtihon varaqasida tegishli doirachani to‘liq bo‘yash yo‘li bilan savolga javobingizni ifodalaysiz. Varaqadagi boshqa chiziq va yozma tushuntirishlar qabul qilinmaydi.

2. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash muvofaqqiyatning eng katta “kalitidir”. Diqqat bilan savollar kitobidagi topshiriqlar javobini mahsus varaqaga belgilang. E’tiborsizlik qilib, test savollari kitobiga belgilangan javoblar inobatga olinmaydi.

3. Savollar kitobida bitta savolga ikkita to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa, hech ikkilanmang. Sababi, bunday test savoli noto‘g‘ri tuzilgan hisoblanadi ushbu savol tushgan barcha abiturientlar to‘g‘ri javob belgilagan bo‘ladi.

4. Abiturientning eng katta “dushmani” hayajondir. Unutmang, javobga tegishli bo‘lgan doiracha to‘liq bo‘yalmasa, javoblar varaqasini o‘qish qurilmasi bo‘yalgan doirachani tahlil qilmaydi.

5. Savollar kitobini sinchiklab yo‘nalishingiz bo‘yicha tegishli savollar kitobi va javoblar varaqasini tekshiring. Tushunmovchilik yuzaga kelsa, zudlik bilan auditoriya rahbariga murojaat qilishingiz lozim. U DTM vakiliga bu haqda xabar berib, dalolatnoma tuzadi. Sizga zahiradan yo‘nalishingiz va tilingizga mos boshqa savollar kitobi hamda javoblar varaqasi beriladi .

6. Sizga taqdim etiladigan “Abiturient ruhsatnomasi” va “Titul varaqasi”ni behato to‘ldirish oliy ta’lim muassasasidagi qabul komissiyasining vakolatiga kiradi.

7. “Abiturient ruhsatnomasi”ni tekshirib olishni yodda tuting! Mazkur hujjatda hato va kamchiliklar bo‘lsa test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishingizga ruhsat berilmaydi.

Biz sizga omad tilaymiz!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talaba bo‘lishni istagan abiturientlarga etti maslahat