Shveysariya bosh prokuraturasi O‘zbekiston hukumatining Gulnora Karimovaning ishi bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi yangi so‘rovini o‘rganmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
"Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, bosh prokuratura O‘zbekistonning o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovini oldi, u ayni damda o‘rganilmoqda", - deya aytib o‘tgan mahkama vakili.
Bosh prokuraturadan ta’kidlanishicha, Shveysariyada korrupsiya jinoyatlari natijasida pul yuvishda gumon qilish bo‘yicha jinoiy ish 2012 yilda olti kishiga nisbatan ochilgan, ularning ichida Karimova ham bor.
"Ayni paytda bosh prokuratura tomonidan 800 million shveysariya frankidan ortiq summadagi aktivlar xatlangan. Shveysariyada jinoiy ish ochilganidan beri bosh prokuratura 19 davlat, jumladan, Shvesiya, Niderlandiya va AQSh bilan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshirdi", - deya xabar berishgan bosh prokuraturadan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin