18:22 / 29.07.2017
6 066

Berlinda parishonxotir fuqaroga 22 ta oltin quymasi va 3,5 ming evro qaytarildi

Berlinda parishonxotir fuqaroga 22 ta oltin quymasi va 3,5 ming evro qaytarildi
Berlinning Neykeln tumanida o‘tkinchi shahar fuqarosiga daraxt ostida qoldirilgan 22 ta oltin quymasi va 3,5 ming evroni qaytardi. Bu haqda «The Local»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Qimmatbaho buyumlar egasining polisiyaga izoh berishicha, u velosipedini daraxtga taqab qo‘yayotgan paytda pul va tilla bo‘lgan o‘ramni bir chetga qo‘ygan, keyin esa bu haqda unutgan.

Daraxt ostidan ushbu o‘ramni topib olgan o‘tkinchi uning ichidagilarni ko‘rib, hayratdan yoqa ushladi. So‘ng ularni polisiyaga olib borishga qaror qildi. O‘ram ichida shaxsiy buyumlar ham bo‘lgani sababli polisiyachilar uning egasini tezda topdi.

Nemis qonunchiligiga ko‘ra, yo‘qotilgan buyumlarni topib olgan kishilarga topilma qiymatining 3—5 foizi beriladi. Mazkur holatda mukofot miqdori 2 ming evroni tashkil etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Berlinda parishonxotir fuqaroga 22 ta oltin quymasi va 3,5 ming evro qaytarildi