09:40 / 02.08.2017
6 518

Surxondaryolik yigit Yunusoboddan ijaraga olgan uyini fohishaxonaga aylantirdi

Surxondaryolik yigit Yunusoboddan ijaraga olgan uyini fohishaxonaga aylantirdi
Bugungi kunda oson pul topish ilinjida ayrim insonlar qonunni chetlab o‘tish, harom yo‘ldan yurish hech narsa bo‘lmay qolgandek. Xuddi shunday shaxslardan biri Yunusobod tumanida ijara shartnomasi asosida yashab kelayotgan B.G. bo‘lib, u shu manzilning o‘zida fohishaxona ochganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, 1987 yilda tug‘ilgan surxondaryolik yigit 50.000 so‘m pul evaziga 25 yoshli K.Yo. va 20 yoshli A.G.larga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Daliliy ashyo sifatida 50.000 so‘m pul olingan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Hozirda fuqaro B.G.ga nisbatan Yunusobod tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryolik yigit Yunusoboddan ijaraga olgan uyini fohishaxonaga aylantirdi