5 492
Samarqandda 16 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan universitet o‘qituvchilari qo‘lga olindi
Universitet o‘qituvchilari Umidjon Abdurahmonov va Orifjon Mamatqulovlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oliy ma’lumotli, obro‘li kishilar. Qolaversa, O.Mamatqulov abiturientlar haqida ma’lumotlarni Davlat test markaziga kiritish, test qaydnomalari, hujjatlari va materiallarni tayyorlab beruvchi kompyuterchilar guruhining a’zosi. Uning aynan shu lavozimda ishlashi qo‘lini sovuq suvga urmay mo‘may daromad topishi uchun o‘ziga xos yo‘l ochdi, deb yozmoqda Kun.uz.
U bunday imkoniyatdan foydalanib qolish uchun U.Abdurahmonov bilan xufiyona reja tuzdi. Shu maqsadda universitet talabasi Elbek Ergashevni ham o‘ziga sherik qilib oldi. Shunday fursat kelgach, ikki ota-onadan farzandini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 16 ming AQSh dollari talab qildi.
Bu ishning jinoyat ekanini anglagan ota-onalar bu haqda Samarqand viloyat huquq-tartibot idoralariga xabar berishdi. Natijada O.Mamatqulov, U.Abdurahmonov va E.Ergashev bir fuqarodan 6 ming, ikkinchisidan 9 ming 900 AQSh dollari olayotgan paytda ularning jinoyati fosh etildi.
Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilib, uchovlon O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...