
Bugun, taxminan peshin vaqti, Yashnobod tumanidagi "5Bola Burger" kafesida yong‘in sodir bo‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Mazkur yong‘in haqida IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga kunduzgi soat 12:17da xabar berilgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga zudlik bilan etib borib, 2 daqiqadan so‘ng yong‘inni bartaraf etishga erishgan.
Yong‘inga kondisionerning qizib ketganligi sabab bo‘lgan. Yong‘inning umumiy maydoni 60 kv metrni tashkil etadi. Jabrlanganlar aniqlanmadi.
Avvalroq, sizga Toshkent shahridagi mashhur “Angels Food” kafesi yonida ham yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar