2017 yil 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integrasiyani ta’minlagan holda, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Videoselektor yig‘ilishi davomida O‘zbekistonda 11-sinfni yakunlagan o‘quvchilarga etuklik attestati bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat taqdim etildi.
“Yangi o‘quv yili boshlanguncha kasb-hunar kollejlarining o‘quv ustaxonalari negizida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil qilib, ularga yaqin atrofdagi maktablarni biriktirish, kollejlardan uzoqda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun maktabning o‘z bazasida o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida chuqurlashtirilgan maxsus tayyorgarlikni talab etmaydigan chilangar, tikuvchi, haydovchi, oshpaz, sartarosh, kashtachi, kulol, qandolatchi, novvoy, duradgor, suvoqchi, bo‘yoqchi kabi jami ellikdan ziyod kasb-hunar o‘rgatiladi.
Bu majmualarda kasb egallagan o‘quvchilarga 11-sinfni yakunlaganidan so‘ng etuklik shahodatnomasi bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, selektor yig‘ilishida yangi o‘quv yili boshlangunga qadar o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini o‘quv jihozlari, kasb-hunar o‘rganish uchun zarur anjom va uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul idora va xodimlar belgilandi.
Mahalla faollari, nuroniylar, profilaktika inspektorlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari, tuman, shahar hokimlariga umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, har payshanba profilaktika kunida o‘quvchilarning davomatini o‘rganish va tahlil natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish vazifasi topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»