22:56 / 04.08.2017
8 908

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yirik savdo majmuasi rahbarini qo‘lga olishdi

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yirik savdo majmuasi rahbarini qo‘lga olishdi
MXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda «Baxt savdo kompleks» korxonasi rahbari Akrom Ernazarovni qo‘lga olishdi.

«U o‘ziga ishonib topshirilgan savdo majmuasi hududida ikkita savdo nuqtasini ijaraga berish uchun tadbirkordan 1,5 ming dollar talab qilgan. U avvalroq 100 dollar pulni tadbirkordan olgan. Tezkor xodimlar Ernazarovni qolgan 1,4 ming dollarni olayotganida ushladilar», — dedi MXX vakili.

Surishtiruv davomida u xuddi shunday yo‘l bilan boshqa tadbirkordan 7 million so‘m olganligi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti A.Ernazarovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari yirik savdo majmuasi rahbarini qo‘lga olishdi